Dasturlash.xizmatlari

SEO xizmatlari

Kontekst reklamada siz har bir bosish uchun to'laysiz — to'lashni to'xtatsangiz, trafik ham to'xtaydi. SEO boshqacha ishlaydi: bir marta qurilgan sahifa yillar davomida bepul mijoz olib keladi. Faqat natija birinchi oyda emas, 4–6 oyda ko'rinadi.

Technical SEOContent SEOBacklink

SEO ish yo'nalishlari

  • Texnik SEO — sayt tezligi, Core Web Vitals, mobil versiya, robots.txt va sitemap
  • On-page — sarlavhalar, meta teglar, kontent strukturasi, rasmlar alt matni
  • Kontent SEO — foydalanuvchi so'roviga to'liq javob beradigan maqolalar va xizmat sahifalari
  • Tashqi optimizatsiya — sifatli havolalar, katalog va sharhlar
  • Lokal SEO — Google Business Profile, xaritalarda ko'rinish

O'zbek tilidagi SEO nima uchun alohida

O'zbek tilida raqobat rus tiliga qaraganda ancha past — bu imkoniyat. Ammo lotin va kirill yozuvi, o' va g' harflarining turlicha yozilishi, so'z shakllarining ko'pligi kalit so'zlar bilan ishlashni murakkablashtiradi.

Biz semantikani ikkala yozuvda va so'zning barcha shakllarida yig'amiz, keyin ularni bitta sahifaga to'g'ri taqsimlaymiz.

Natija qachon ko'rinadi

1–2 oy: texnik xatolar tuzatiladi, indeksatsiya yaxshilanadi. 3–4 oy: past chastotali so'roylar bo'yicha birinchi pozitsiyalar. 5–6 oy: asosiy so'roylar bo'yicha o'sish va barqaror organik trafik. Shuning uchun SEO shartnomasi kamida 6 oyga tuziladi.

Savol-javob

SEO xizmatlari — savol-javob

SEO xizmati qancha turadi?

Bir martalik texnik audit 3 000 000 so'm. Doimiy SEO yuritish oyiga 5 000 000 so'mdan boshlanadi — hajm sayt kattaligi va raqobat darajasiga bog'liq.

Birinchi o'rinni kafolatlaysizmi?

Yo'q — hech bir halol agentlik buni kafolatlay olmaydi, chunki Google algoritmi bizga bo'ysunmaydi. Biz aniq ish hajmini va oylik o'lchanadigan ko'rsatkichlarni kafolatlaymiz.

SEO va kontekst reklama — qaysi biri?

Boshida ikkalasi. Reklama birinchi kundan ariza beradi, SEO 4–6 oydan keyin arzon trafik olib keladi. Barqaror organik oqim shakllangach, reklama byudjetini kamaytirish mumkin.

SEO xizmatlari kerakmi?

Vazifangizni tinglaymiz va 1 ish kuni ichida taxminiy narx hamda muddatni aytamiz. Konsultatsiya bepul.

Du–Ju 09:00–18:00 · U-ENTER innovatsion markazi, Shahrisabz ko'chasi, Toshkent 700093