UI/UX dizayn xizmatlari
Yaxshi dizayn — bu foydalanuvchi o'ylab o'tirmasligi. Agar mijoz sizning saytingizda buyurtma tugmasini qidirishga majbur bo'lsa, u tugmani emas, raqobatchini topadi. Biz dizaynni did masalasi sifatida emas, konversiya masalasi sifatida ko'ramiz.
Ish jarayoni
- Tadqiqot — kim foydalanadi, qanday muammoni hal qiladi
- Struktura — sahifalar va ekranlar xaritasi
- Wireframe — rangsiz, faqat mantiq va ierarxiya
- Prototip — bosiladigan, testga tayyor versiya
- UI — ranglar, tipografika, ikonka va animatsiyalar
- Handoff — Figma fayli, dizayn tizimi va spetsifikatsiya
Dizayn tizimi nima uchun kerak
Bitta sahifa uchun dizayn — bu rasm. Yigirmata sahifa uchun dizayn — bu tizim. Agar tugmalar, shriftlar va oraliqlar qoidasi yozilmagan bo'lsa, uchinchi oyda sayt bir-biriga o'xshamaydigan sahifalar to'plamiga aylanadi.
Biz har bir loyihada dizayn tizimi topshiramiz — bu keyingi sahifalarni 3 barobar tez va arzon qo'shish imkonini beradi.
Savol-javob
UI/UX dizayn — savol-javob
UI/UX dizayn qancha turadi?
Landing dizayni 6 000 000 so'mdan, korporativ sayt 12 000 000 so'mdan, mobil ilova yoki murakkab veb-ilova 20 000 000 so'mdan boshlanadi.
Faqat dizayn buyurtma qilsam bo'ladimi?
Ha. Figma fayli, dizayn tizimi va spetsifikatsiyani topshiramiz — istalgan dasturchi jamoasi shu bilan ishlay oladi.
Necha marta tuzatish kiritish mumkin?
Har bir bosqichda 2 ta bepul tuzatish davri. Amalda tadqiqot va prototip bosqichi to'g'ri o'tsa, UI bosqichida jiddiy o'zgartirish kamdan-kam kerak bo'ladi.
Boshqa yo'nalishlar
Web sayt yaratish
Landing, korporativ sayt va internet do'kon — Core Web Vitals talablariga javob beradigan, qidiruvda topiladigan saytlar.
Telegram bot yaratish
Buyurtma qabul qiladigan, to'lov oladigan va CRM'ga ma'lumot yozadigan botlar — mijozingiz allaqachon Telegramda.
CRM tizimi
Sotuv voronkasi, mijozlar tarixi, vazifalar va hisobotlar — bitta oynada. Excel va daftardan chiqish vaqti keldi.
UI/UX dizayn kerakmi?
Vazifangizni tinglaymiz va 1 ish kuni ichida taxminiy narx hamda muddatni aytamiz. Konsultatsiya bepul.
Du–Ju 09:00–18:00 · U-ENTER innovatsion markazi, Shahrisabz ko'chasi, Toshkent 700093